Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Ermatov va A.Mahkamov, shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida hududdagi bosh suv inshootida olib borilgan yangilanish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur o‘rganish doirasidagi loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni asosida shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

Ushbu hujjatlar asosida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, muhandislik infratuzilmasini tubdan yaxshilash vazifalari belgilab berilgan.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan bosh suv inshooti shahar aholisining qariyb yarmiga ya'ni 45 foiziga xizmat ko‘rsatadi. Shu bois mazkur obyektning texnik holatini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Amalga oshirilgan ishlar doirasida eskirgan 5 ta suv nasoslari zamonaviy va samaradorligi yuqori bo‘lgan yangi uskunalarga almashtirilgan. Natijada suv uzatish tizimining ishonchliligi oshib, uzilishlar ehtimoli sezilarli darajada kamaygan.

Slide 1 of 4