Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarga asosan Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati ko'zdan kechirildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarga asosan Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati ko'zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari I. Sagdullayev, D. Raxmatullayev, Xastimom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (deputat) S.Shoyunusova, Xotin-qizlar faoli M.Azizova, Yoshlar ishlari agentligi vakili A. Yunusova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov hamda O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi J. Turapovlar tomonidan tumandagi Davlat muzeyiga tashrif amalga oshirildi. 🏛

Tashrif davomida muzey faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlarning saqlanish holati, ularning madaniy va ma’naviy ahamiyati, shuningdek, muassasaning moddiy-texnika bazasi, mavjud infratuzilma sharoitlari hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, muzeyda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar va o‘quvchi-talabalarni jalb etish borasidagi tashabbuslar ham muhokama qilindi. 📚

Muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida tabiatga, madaniy meros va milliy qadriyatlarga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muzey imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning muzeyga tashrifini ko‘paytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8