Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Aholi murojaati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Bo‘stonliq tumani hududidagi “Achchisoy” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan ichki yo‘llar holati yuzasidan bildirilgan murojaatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan murojaatchilar hamda mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida mahalla ichki yo‘llarining ayrim uchastkalarida asfalt qoplamasi yetarli emasligi, yo‘llarda chuqurlar paydo bo‘lganligi, ayrim joylarda esa yomg‘ir suvlarining to‘planib qolishi natijasida yo‘l holati yanada yomonlashayotgani aniqlandi.

🔹Murojaatchilar bilan ochiq muloqot davomida ular tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, shagallashtirish yoki asfaltlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

🔹O‘rganish yakuniga ko‘ra, aholi murojaatlari ijrosini ta’minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 4