Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasi binosida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi Bobojonov Ulug'bek Raximovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Navoiy viloyatidagi vakili Djo‘rayev Shuxrat Nizamovich, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi maslahatchisi Isoqov Normurod Isroilovich hamda Qiziltepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Ortiqov Rifat Kamolovich ishtirok etdilar.

Tadbir davomida aholiga Ombudsman institutining faoliyati, uning fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rni, murojaat qilish tartiblari hamda amaliy mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan hayotiy misollar orqali inson huquqlarini himoya qilishdagi mavjud imkoniyatlar tushuntirildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi va ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7