Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zovlar tomonidan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur filial Navoiy shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikaning 2 va 3-qavatlarida beg‘araz ijara asosida joylashgan. Qisqa vaqt ichida filialda 300 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, malakali shifokorlar tomonidan bemorlarga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Deputatlar hamda partiya faollari bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan bevosita muloqot olib borib, mavjud muammolar, kamchiliklar hamda erishilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashdilar.Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida filial joylashgan binodagi lift qurilmasi nosoz holatda ekani va boshqa qator muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda hal etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur o‘rganishlar hududda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 11