Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun tuman deputati Xalnisa Shayimova “Paxtakor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va mavjud muammolarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

📃Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb muammolar va takliflar ilgari surildi. Jumladan:

➡️ mahallaning “Gulshan”, “Gunafsha”, “Yog‘du” hamda “Daha” ko‘chalari ta’mirtalab ahvolda ekani;

➡️ ichimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi sababli aholi tomorqalaridagi ekinlar qurib ketayotgani, biroq soliq to‘lovlari tarkibida suv uchun ham to‘lov mavjudligi;

➡️ 16-maktab uchun qo‘shimcha bino qurish zarurligi;

➡️ 9-sonli oilaviy shifokorlik punktida mavjud kamchiliklar borligi qayd etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyat deputati Abdurasul Bababekov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 4