Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan hafta davomida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida mudofaa tizimida xizmat qilayotgan yoshlar, pedagogika va qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek yuridik hamda pedagogika texnikumlari o‘quvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

#deputat_faoliyati #Andijon_shahar #Kitobxonlik_xaftaligi #yoshlar_uchrashuvi 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan hafta davomida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida mudofaa tizimida xizmat qilayotgan yoshlar, pedagogika va qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek yuridik hamda pedagogika texnikumlari o‘quvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Andijon shahri, Buloqboshi hamda Qo‘rg‘ontepa tumanlarida joylashgan 5-, 8-, 30-, 36- va 43-umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlar ongiga buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan boy adabiy merosning ahamiyati chuqur singdirildi. Xususan, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, muntazam mutolaa qilish odatini shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fan va ma’rifatga yo‘naltirish masalalari keng yoritib berildi.

Shu bilan birga, komil insonni tarbiyalash, yuksak ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarga sodiq bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish ham uchrashuvlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’kidlandi.

Mazkur tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega shaxslar etib tarbiyalash hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10