Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
МЕҲР ВА ЭЪТИБОР — ИНСОН ҚАДРИНИ ЮКСАЛТИРАДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЯНГИ АЁЛЛАР САЛОМАТЛИК МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
Kutubxona faoliyati o‘rganildi: mavjud holat va dolzarb vazifalar muhokamada

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nigoroy Rustamova hamda Kengash kotibiyati mudiri Voxid Xasanov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur kutubxona binosi yaqinda rekonstruksiya ishlari yakunlangan holda foydalanishga topshirilgani, o‘quv zallari, kitoblarni saqlash xonalari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

️Shu bilan birga, rekonstruksiya ishlari doirasida ayrim yakuniy bosqichdagi ishlar hali to‘liq tugallanmagani aniqlandi. Jumladan:

binoning ikki yon qismida beton qoplama (stiajka) ishlari yakuniga yetkazilishi;

binodan chiqadigan chiqindi suv tarmog‘ini shahar markaziy kanalizatsiya tizimiga ulash;

binoning tashqi qismiga zamonaviy LED ekran o‘rnatish ishlari hali davom etmoqda.

️Mas’ullar tomonidan ushbu ishlar yaqin kunlarda to‘liq yakunlanishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, o‘rganish davomida kutubxona fondidagi kitoblar hozirda amaldagi saqlash standartlariga to‘liq mos sharoitda joylashtirilmagani qayd etildi. Shu munosabat bilan binoning yerto‘la (podval) qismi ta’mirlanib, zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangach, kitoblarni ushbu hududga ko‘chirish zarurligi bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Kutubxona mas’ullari tomonidan ushbu masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.

 Mazkur o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.