Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХОТИРА ВА ҚАДРИЯТЛАР ЭЪЗОЗЛАШ
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУАММОЛАР ВА ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
МЕҲР ВА ЭЪТИБОР — ИНСОН ҚАДРИНИ ЮКСАЛТИРАДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЯНГИ АЁЛЛАР САЛОМАТЛИК МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat o‘rganishi: maktabda sport sharoitlari va yangi loyiha

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan Do‘stlik mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida maktab direktori Ikrom Abdugapparov deputatga hamrohlik qilib, sport zali, undagi sport anjomlari holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sport yo‘nalishida erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda sport zali zarur anjomlar bilan yetarli darajada ta’minlangan.

Shuningdek, maktab jamoasi uchun muhim yangilik sifatida, mazkur ta’lim muassasasi “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil birinchi mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgani qayd etildi. Ushbu loyiha doirasida 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ evaziga sportning kurash turiga ixtisoslashgan zamonaviy sport zali qurilishi rejalashtirilgani alohida e’tirof etildi.

 Mazkur tashabbus nafaqat o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash, balki hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.