Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Samo Abdug‘aniyev tomonidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarorida belgilangan Barlos mahallasi hududidagi To‘sinsoy soyiga suv to‘suvchi inshoot qurish hamda “Yangikent” nasos stansiyasiga suv keltiruvchi 1,5 kilometr uzunlikdagi kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

🔹 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Qurilish va betonlashtirish jarayonining bugungi holati;

🔹 Suv to‘suvchi inshoot hamda kanal qurilishi sifati;

🔹 Belgilangan muddatlarda loyihani yakunlash imkoniyati;

🔹 Ishlarni amalga oshirishda mavjud muammo va to‘siqlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi mahallada sug‘orish tizimini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi va aholi manfaatlari uchun muhim bo‘lgan infratuzilma loyihalari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1