Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Nurobodda ijtimoiy xizmat xodimlari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Maxammadiyevalar ishtirokida Nurobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

🔹Xususan, qonun orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida to‘liq va teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim normalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, uchrashuvda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔹Mazkur tadbir ijtimoiy soha xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning faoliyatida qonun talablarini to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 3