Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
YANGIYO‘L MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva hamda deputat R.Sultonov tomonidan Yangiyo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4