Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati Muattar Mirzajonova Sh. Rashidov OSHP binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida binoning ichki va tashqiy asosiy qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda va sifatli olib borilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, obyekt atrofi o‘ralgan himoya devori (to‘siq devor)ning poydevor qismi ayrim joylarda ko‘chib tushgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilganda, ular ushbu ishlar loyiha hujjatlarida nazarda tutilmaganini sabab qilib ko‘rsatdilar.

Bundan tashqari, OSHP binosini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ham hanuzgacha hal etilmay qolayotgani aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilot — Boyovut tumani “Suvta’minot” davlat unitar korxonasiga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, amaliy ishlar olib borilmayotgani tanqid qilindi.

Slide 1 of 5