Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha

TAVSIYALAR

✔️Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.

✔️Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.

✔️Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.

✔️Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.

✔️Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.

✔️Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.

✔️Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.

✔️Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

✔️Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.

✔️Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.

✔️Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .

✔️Liftlarni ishlashi .

✔️Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.

✔️Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.

✔️Parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati.

✔️Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.

✔️Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.

✔️Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.

✔️Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.

✔️Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.

✔️Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

✔️Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.

✔️Aholi bandligi masalalari.

✔️Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

 Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtai nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.

Slide 1 of 1