Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ВА МАВЖУД МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШРИФИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ
янв.21
ТИББИЁТ МУАССАСАСИНИ ЯНГИЛАШ ЛОЙИҲАСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ДОРИХОНА ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ: ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КИТОБХОНЛИК ВА ТАЪЛИМ: ДЕПУТАТ КУТУБХОНАДА
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ УЧУН: МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ТАҲЛИЛ ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ: ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
"Ziyo" mahallasida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

"Ziyo" mahallasida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

 Olmazor tumani “Ziyo” mahalla idorasida Xalq deputatlari  Olmazor tumani Kengashi deputatlari I. Mamajanov, D.Raxmatullayev va Olmazor tuman hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Xashimova ishtirokida “Ziyo” mahallasidagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va joyida hal qilish borasida navbatdagi sayyor qabul hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida uchrashuv oʻtkazildi. Mahallada yashovchi xotin-qizlar o‘z muammolari bilan bilan chiqishdi.

Murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, davolanishi zarur bo‘lgan holatlar nazoratga olindi hamda bandlik yo‘nalishida amaliy yordam berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar muddat talab qilishi yoki moliyalashtirish bilan bog‘liq ekani qayd etilib, bunday muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilishi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputatlari 2026-yil 29-yanvardagi “Ijtimoiy reystrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushunchalar berildi. Xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, yoshlarning huquqiy bilimini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. 

Yakunda bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, ularning muammolariga tezkor va manzilli yechim topish hamda inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova ishtirok etdi.

Slide 1 of 7