Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
QONUN USTUVORLIGI – BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi 22.04.2013 yildagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda deputat S.Masharipovlar “Mustaqillik” mahallasida saylovchilar bilan uchrashdilar. 

Uchrashuv davomida «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati aholiga batafsil tushuntirildi. Qonunchilikdagi yangiliklar asosida mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakolatlari kengayganligi, ayniqsa, mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli kuchaytirilgani ta’kidlandi. 

Muloqot yakunida qonun ijrosini ta’minlashda mahalla faollari va deputatlar hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi. 

Slide 1 of 1