Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Obodonlashtirish va ma’rifat maskanlari uchun 2 milliard so‘m yo‘naltiriladi

📍 Obodonlashtirish va ma’rifat maskanlari uchun 2 milliard so‘m yo‘naltiriladi

Bugun Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda komissiya raisi A.Baratov, komissiya a’zolari hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi S.Primov ishtirok etdi.

Tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 2,0 mlrd so‘m ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan:

🔹 1,0 mlrd so‘m — “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi beriladigan “Qo‘shqanot” MFYda zamonaviy piyodalar yo‘lagi, tungi yoritish tizimi hamda “Workout” sport maydonchasini barpo etish;

🔹 1,0 mlrd so‘m — “Yangiqishloq” MFY hududidagi Axborot-kutubxona markazi qurilishini yakunlashga yo‘naltiriladi.

Deputatlar bir ovozdan taklifni ma’qullashdi. Qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga joylanadi va sessiya kun tartibiga kiritiladi.

Slide 1 of 2