Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Tuman Kengashi deputati Kultepa qishlog‘ida Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputati Kultepa qishlog‘ida joylashgan Oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini o‘rgandi. Nazorat jarayonida aholi uchun mavjud dori-darmonlar zahirasi, xizmat sifati va tibbiy jihozlar holati tekshirildi.

🔹 Dori-darmonlar zahirasi: punktda aholiga taqdim etiladigan 96 turdagi bepul dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi. Bu aholining tibbiy xizmatlardan uzluksiz foydalanishini ta’minlaydi.

🔹 Tibbiy vositalar va apparatlar: xizmat ko‘rsatishda 4-5 turdagi tibbiy vositalar va apparatlar bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

🔹 Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha Nodavlat notijorat milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyat bo‘limiga taklifi taqdim etildi. 

🔹 Faoliyat yuritayotgan xodimlarga fuqarolar bilan doimo muloyim, hurmatli va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda munosabatda bo‘lishlari tavsiya qilindi. Har qanday vaziyatda xizmat ko‘rsatishda samimiylik va professionallik ustuvor bo‘lishi ta’kidlandi.

Tuman Kengashi deputati aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazorat ishlarini davom ettiradi.

Slide 1 of 6