Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ҳимоя – устувор йўналиш: эҳтиёжманд оилалар уй-жойлари таъмирланмоқда.
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Хайитов Абдурасул Режабоевич томонидан ўз сайлов округи ҳудудида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ 📌 Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссия
янв.21
Депутат ва ёшлар
DEPUTAT SO'ROVI

#deputatlik_soʻrovi #Taxiatosh_tumani #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Shapiyev Bekbergen Abdreymovich mahallada fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, aholi salomatligi, tibbiy xizmat sifatini oshirish, profilaktika va erta diagnostika qilish maqsadida Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Rozmetovaga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

🟢 “Qushchilik” mahalla fuqarolar yig‘ini chekka hududda joylashganligi sababli mahalliy aholi uchun ushbu hududga tibbiyot punkti ochib berish masalasi bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishlarini so‘radi.

📥 Shapiyev Bekbergen Abdreymovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay tibbiy xizmat, ona va bola salomatligi, profilaktika va erta diagnostika qilishga e’tibor qaratib, ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.