Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ҳимоя – устувор йўналиш: эҳтиёжманд оилалар уй-жойлари таъмирланмоқда.
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Хайитов Абдурасул Режабоевич томонидан ўз сайлов округи ҳудудида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ 📌 Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссия
янв.21
Депутат ва ёшлар
URGANCH SHAHAR MARKAZIY DEHQON BOZORIDA MAHSULOTLAR SIFATI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ya’ni bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi bo‘yicha shahar Kengashi deputati R.Baltayev va B.Allabergenov hamda markaziy dehqon bozori rahbariyati bilan hamkorlikda shahardagi “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan markaziy dehqon bozori xolati va bozordagi mahsulot sifati va narx-navolari o‘rganildi. 

Bundan tashqari sotilayotgan mahsulotlarning sifat sertifikatlari, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi hamda bozor hududidagi umumiy tozalik holati o‘rganildi. Bozor rastalarining mahsulotlar bilan to‘laligi hamda aholi talabini qondirish darajasi ko‘zdan kechirildi. Sun’iy taqchillikning oldini olish choralari muhokama qilindi va aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, shakar, guruch va poliz ekinlari) narxlarining suniy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari tahlil qilindi. 

Shuningdek, deputatlar bozorga kelgan xaridorlar bilan suhbatlashib, ularning narxlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar borasidagi fikr va takliflarini tingladilar.  

O‘rganish yakunlari bo‘yicha bozor rahbariyatiga narxlarni barqaror saqlash, ayniqsa, “tadbirkor – iste’molchi” zanjirida o‘zaro manfaatdorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi. 

Slide 1 of 10