Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf etilmoqda

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberdiyev tomonidan Guliston shahar “Ma’naviyat” MFY hududidagi Otajonov ko‘chasida ichimlik suvi quvurlari yorilishi natijasida suv isrof bo‘layotgani hamda bu holat hududda noqulayliklar keltirib chiqarib, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani yuzasidan “Suv ta’minoti” AJ shahar bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur masalani joyida o‘rganish maqsadida hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan ichimlik suvi quvurlaridagi nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mutasaddi tashkilot tomonidan yuzaga kelgan muammoni qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Deputat tomonidan mazkur ishlar yakuniga yetguniga qadar jarayon nazoratda olib borilishi ta’kidlandi.