Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, xususan, ta’lim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, tuman deputati Asqarali Odilov tomonidan ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borilib, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar hamda belgilangan talablarning bajarilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xonalarining jihozlanganlik darajasi, dori-darmon vositalarining sifati va saqlanish holati, shuningdek, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham alohida o‘rganildi.

Bundan tashqari, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlarining holati hamda ularning samarali foydalanilishi yuzasidan ham atroflicha tahlillar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda ta’lim sifati va xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5