Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ҳимоя – устувор йўналиш: эҳтиёжманд оилалар уй-жойлари таъмирланмоқда.
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Хайитов Абдурасул Режабоевич томонидан ўз сайлов округи ҳудудида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ 📌 Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссия
янв.21
Депутат ва ёшлар
Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari mahalliy Kengashlarning xalq bilan muloqotini yangi bosqichga olib chiqish, deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar. Ayniqsa, tuman va shahar darajasidagi Kengash kotibiyatlarining media-makonda ishlash ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlik faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishlarini mazmunli hamda tizimli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol va mazmunli ishlash orqali Kengashlar faoliyatini aholiga yaqinlashtirish, ularning ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolar ishonchini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Seminar yakunida axborot siyosati va media ishlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

                                                                                                                                           

Slide 1 of 1