Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"ХАЛК БИЛАН БИРГА” ЛОЙИХАСИ ИЖРОСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА
янв.21
“ЯШИЛ МАКОН” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
УЙМА-УЙ ЎРГАНИШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Tumanda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda

Navro‘z bayrami arafasida hashar o‘tkazish xalqimizning azaliy an’analaridan biri bo‘lib, u yangilanish, poklik va jamiyatdagi hamjihatlik ramzi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan respublikamizda 13−14 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hashariga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Saidali Mahmatqulovich “At-Termiziy” va “Yurtim jamoli” mahallariga borib, tashabbuskorlik ko‘rsatib, tadbirda faol qatnashdi.

Hashar davomida mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xonadonlar atrofi tozalandi, gulzorlar va yashil hududlar tartibga keltirildi, yo‘laklar va yondosh hududlarda tozalik ishlari olib borildi. Mahallar hududidan o‘tgan yo‘llar yoqalariga daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlarini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday tadbirlar mahallada birdamlikni mustahkamlash, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish hamda milliy an’analarni asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Hashar Navro‘z bayramiga tayyorgarlik doirasida mahalla aholisining birgalikdagi sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etdi.

Slide 1 of 9