Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"ХАЛК БИЛАН БИРГА” ЛОЙИХАСИ ИЖРОСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА
янв.21
“ЯШИЛ МАКОН” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
УЙМА-УЙ ЎРГАНИШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Ishbilarmon ayollar — mahalla iqtisodiyotini rivojlantirishga tayanch

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va iqtisodiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar va muloqotlar ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, ular faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 12-Obodon okrugidan saylangan deputat D. Sherboyev tumandagi “Nurli hayot” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘rganish davomida joylarga chiqilib, mahallada o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan ayollar bilan ham suhbatlar o‘tkazildi. Tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularning ish faoliyati va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud bo‘lgan va qiynab kelayotgan muammolari hamda takliflari tinglandi.

Bu bo‘yicha ijobiy yechimlar qilish bo‘yicha deputat tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 6