Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"ХАЛК БИЛАН БИРГА” ЛОЙИХАСИ ИЖРОСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА
янв.21
“ЯШИЛ МАКОН” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
УЙМА-УЙ ЎРГАНИШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Farmonobod qishlog‘ida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.

Farmonobod qishlog‘ida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.   

23-Paxtaobod saylov okrugi hududida joylashgan Paxtaobod mahallasida elektr energiyasi ta’minoti hamda aholiga yetkazib berish holati yuzasidan deputat N. Sulaymonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, qishloq hududidagi elektr tarmoqlarida foydalanilayotgan ayrim sim yog‘och ustunlari eskirgani va yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Bu esa elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishiga hamda xavfsizlik bilan bog‘liq noqulay vaziyatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yaroqsiz ustunlarni bosqichma-bosqich yangilash hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar bildirildi. Masala nazoratga olinib, aholi manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 5