Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"ХАЛК БИЛАН БИРГА” ЛОЙИХАСИ ИЖРОСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА
янв.21
“ЯШИЛ МАКОН” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
УЙМА-УЙ ЎРГАНИШ ИШЛАРИ АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Bolalar xavfsizligi va ta’lim sifati — ustuvor vazifamiz.

Bolalar xavfsizligi va ta’lim sifati — ustuvor vazifamiz.  

 📌 23-Paxtaobod saylov okrugi, Paxtaobod mahallasi hududida joylashgan Farmonobod qishlog‘ida aholi yashash sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘rganish maqsadida deputat N. Sulaymonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, infratuzilma holati hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, Farmonobod qishlog‘ida joylashgan 41-maktab filialida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Mazkur ta’lim maskanida pedagoglar fidokorona mehnat qilayotgan bo‘lsalar-da, maktab hududining to‘siq bilan o‘ralmagani jiddiy muammo ekanligi aniqlandi. 

Maktab atrofi ochiq holda qolayotgani sababli o‘quvchilarning xavfsizligi to‘liq ta’minlanmagan. Bu esa bolalarning dars jarayonida va tanaffus vaqtida xavfsiz harakatlanishiga ma’lum darajada xavf tug‘diradi.

Slide 1 of 5