Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya raisi A. Choriyev hamda komissiya a’zolari, mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Majlis davomida mas’ul mutasaddilar tomonidan tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborotlar berildi.

Shuningdek, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi asosida kam ta’minlangan oilalar bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar ajratish, subsidiyalar orqali o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim yo‘nalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4