Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туман ҳокими, 17-Қутлуғтол сайлов округи депутати Асадулла Нажмиддиновнинг сайёр қабули бўлиб ўтди.
янв.21
Имтиёзли кредит - ёшлар бандлигига мустаҳкам пойдевор
янв.21
Ёшлар фикри ва ташаббуслари диққат марказида
янв.21
“Депутат ва ёшлар” мавзусида очиқ мулоқот — учрашув ташкил этилди
янв.21
“Депутат ва ёшлар” учрашуви
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Хамкорлик доирасида бепул юридик ёрдвм
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Якубжонов Жахонгир Зокиржонов сайлов округи ҳудудидаги ёшлар билан учрашув ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши раиси Мамажонов Равшан Рахмонжонов ва котибият мудири Эргашева Мунисхон Янгиқўрғон туман "Обод" маҳалла фукаролар йиғинида бўлиб, маҳалла “еттилиги” фаолияти билан яқиндан танишди.
Kaftarxona mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Kaftarxona mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

⭐️Samarqand shahrida aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy masalalarga yechim topish hamda mahallalarda sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda 3-So‘zangaron saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

✅Deputatlar Samarqand shahridagi Kaftarxona mahallasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar diqqat bilan tinglandi.

✅Shuningdek, mahallaning oqsoqollari bilan suhbatlar o‘tkazilib, nafaqa va pensiyalarni tayinlash hamda olishdagi amaldagi jarayonlar muhokama qilindi. Bu borada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

✅Uchrashuv jarayonida deputat Nargiza Abdullayeva mahalla ijtimoiy xodimining taklifini inobatga olgan holda, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi. Ushbu tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

✅Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 yanvarda qabul qilingan «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash masalalari o‘rganildi. Xususan, fuqarolar orasida spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan, shuningdek, ruhiy xastaligi mavjud shaxslarni tibbiy nazorat qilish va sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

✅Qayd etilishicha, deputatlarning mahallalarda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi bilan bevosita muloqot orqali muammolarga yechim topishga qaratilgan ishlari izchil davom etmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 8