Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оғир маҳаллаларда амалга оширилган ишлар
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашидаги “АДОЛАТ”  СДП  депутатлик гуруҳи томонидан Янгиқўрғон туман Маданият маркази  томонидан   2025 йилда амалга оширилган  ишлар ва жорий йил режалари ҳамда   соҳадаги мавжуд муаммолар юзасидан Янгиқўрғон туман  Маданият маркази  директори  Н. Қирғизбоеванинг  ҳисоботини эшитилди
янв.21
Senatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda. (https://senat.uz/events/post-4600)
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Мирзалиев Хабибулло томонидан Сойбўйи маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида жойлашган қабристонни ободонлаштириш ишлари амалга оширилди
янв.21
Президент Мурожаатномаси - амалий ҳаракатлар дастури Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва кўп миллатли халқимизга йўллаган навбатдаги Мурожаатномаси мамлакатимиз тараққиётининг янги босқичидаги устувор йўналишлар, стратегик мақсад ва вазифаларни аниқ белгилаб берган муҳим сиёсий ҳужжат сифатида тарихий аҳамиятга эга.
янв.21
Янги йил — эзгулик ва саховат байрами! Янги йил байрами муносабати билан Ғовозон маҳалла фуқаролар йиғинида ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳолини қўллаб-қувватлаш мақсадида хайрия тадбири ташкил этилди. 🤝 Мазкур тадбир халк депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ашуров Алишер Иброхимович ташаббуси билан амалга оширилиб, боқувчисини йўқотган ва ёрдамга муҳтож 35 нафар оилага 15 турдаги озиқ-овқат маҳсулотларидан иборат ёрдам пакетлари топширилди. 📦 Ёрдамлар белгиланган тартиб ва шаффофлик асосида тарқатилди. ✨ Бу каби хайрия тадбирлари аҳолининг турмуш даражасини яхшилаш, ижтимоий ҳимояни кучайтириш ҳамда байрам муносабати билан юртдошларимизга моддий ва маънавий кўмак кўрсатишга хизмат қилади. 👉 Келгусида ҳам эҳтиёжманд оилаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган эзгу ишлар давом эттирилади.
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг ўн тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
“Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili amalda
янв.21
ТАРАҚҚИЁТНИНГ ЭНГ МУСТАҲКАМ ПОЙДЕВОРИ — ТАЪЛИМ ВА МАСЪУЛИЯТ
янв.21
2025-йил 29 декабр куни соат 14:00 да Янгиқўрғон туман хокимлиги биносининг 3 қават кичик мажлислар залида Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг ўн тўккизинчи сессияси ўтказилади. Сессия кун тартибида Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши томонидан бир қатор масалалар тингланиб, муҳим қарорлар қабул қилинади.
Kengash faoliyati

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabr kunida navbatdagi o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 15 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga binoan xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi raisini saylash masalasi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli farmonida belgilangan dasturlarning tumanda ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yil Noyabr-Dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman hokimi E.Avazovning hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21-oktyabrdagi PF-186-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash maqsadida Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi apparati tuzilmasi va shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati” to‘g‘risidagi qonuni 24-moddasiga binoan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish yuzasidan qabul qilingani tuman hokimining qarorlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash haqida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida Jarqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan 2025-yilning 11 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar holati haqida tuman prokurori o‘rinbosari T.Allanazarovning hisoboti to‘g‘risida.

4. Jarqo‘rg‘on tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Almardanovning hisoboti to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan 2026 yilgi tuman budjetini ko‘rib chiqish hamda muhokama qilish va tasdiqlash haqida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘lim boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Safarqulovning axboroti to‘g‘risida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-sonli Farmoni asosida tumanni 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va ro‘yxatini tasdiqlash haqida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘lim boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Safarqulovning axboroti to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga binoan tumanda 2025-yil mobaynida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatgichini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i E.Qulliyevning hisoboti.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-2026-yillarning novegetatsiya davriga ekinlarni sug‘orish uchun cheklangan suv miqdori limitini tasdiqlash haqida tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining hisoboti to‘g‘risida. 

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 462-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

11. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil erkin qoldiq hisobiga shakllangan mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida. 

12. O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi deputatlari tomonidan "Tumanda sanitar-epidemiologik holat, umumiy ovqatlanish nuqtalarini dezinfeksiya qilish holatini nazorat-tahlil tadbiri tariqasida o‘rganish yakunlarini muhokama qilish to‘g‘risida. 

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2025 yil yakuni bilan “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha tuman xotin-qizlar bo‘limining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan tuman hokimining yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar va yosh deputatlar bilan uchrashuvi yakunlari natijadorligini muhokama qilish to‘g‘risida.

15. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda Kengash doimiy komissiyalarining va deputatlik partiya guruhlari, Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Slide 1 of 9