Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туман ҳокими, 17-Қутлуғтол сайлов округи депутати Асадулла Нажмиддиновнинг сайёр қабули бўлиб ўтди.
янв.21
Имтиёзли кредит - ёшлар бандлигига мустаҳкам пойдевор
янв.21
Ёшлар фикри ва ташаббуслари диққат марказида
янв.21
“Депутат ва ёшлар” мавзусида очиқ мулоқот — учрашув ташкил этилди
янв.21
“Депутат ва ёшлар” учрашуви
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Хамкорлик доирасида бепул юридик ёрдвм
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Якубжонов Жахонгир Зокиржонов сайлов округи ҳудудидаги ёшлар билан учрашув ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши раиси Мамажонов Равшан Рахмонжонов ва котибият мудири Эргашева Мунисхон Янгиқўрғон туман "Обод" маҳалла фукаролар йиғинида бўлиб, маҳалла “еттилиги” фаолияти билан яқиндан танишди.
CHINOZ TUMANI. Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni hamda 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 4-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryoqubovning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Axmedovaning axboroti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Chinoz tumanida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududda atrof-muhitning holati haqida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘I O.Isaxonovning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Babasaidovning hisoboti eshitildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi VII-8-26-10-144-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Farxod Ibragimov, Asqar Baxramov, Olimjon Isoqov, Olimjon Dadajonov, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, axborot va hisoboti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Slide 1 of 7