Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туман ҳокими, 17-Қутлуғтол сайлов округи депутати Асадулла Нажмиддиновнинг сайёр қабули бўлиб ўтди.
янв.21
Имтиёзли кредит - ёшлар бандлигига мустаҳкам пойдевор
янв.21
Ёшлар фикри ва ташаббуслари диққат марказида
янв.21
“Депутат ва ёшлар” мавзусида очиқ мулоқот — учрашув ташкил этилди
янв.21
“Депутат ва ёшлар” учрашуви
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Хамкорлик доирасида бепул юридик ёрдвм
янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Якубжонов Жахонгир Зокиржонов сайлов округи ҳудудидаги ёшлар билан учрашув ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши раиси Мамажонов Равшан Рахмонжонов ва котибият мудири Эргашева Мунисхон Янгиқўрғон туман "Обод" маҳалла фукаролар йиғинида бўлиб, маҳалла “еттилиги” фаолияти билан яқиндан танишди.
#yalpi_majlis_12 Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4533) takomillashtirilmoqda

Jinoyat kodeksining 1261-moddasining to‘rtinchi – sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik sudlanganlarga sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qo‘llanilganligidan keyin o‘n yil davomida ruxsatnoma bermaslikka sabab bo‘ladi. Agar huquqbuzarda o‘qotar qurol mavjud bo‘lsa, ushbu o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarni olib qo‘yilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslarni majburiy davolanishga yuborish uchun bir yil mobaynida bir martadan ortiq maʼmuriy javobgarlikka tortish emas, balki bir yil davomida bir marta maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik asos bo‘lishi belgilanmoqda.

Bunda shaxsni majburiy davolanishga muhtoj deb topish vakolatini olis hududlarda ixtisoslashtirilgan tumanlararo tibbiy komissiyalarga ham berish, shuningdek, narkologik ekspertizalarni o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tumanlararo tibbiy komissiya tuziladigan olis hududlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha joylarda profilaktika inspektorlarning ishi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi. 

Slide 1 of 7