Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ҳимоя – устувор йўналиш: эҳтиёжманд оилалар уй-жойлари таъмирланмоқда.
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Хайитов Абдурасул Режабоевич томонидан ўз сайлов округи ҳудудида маҳалла еттилиги фаолияти ўрганилди.
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ 📌 Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссия
янв.21
Депутат ва ёшлар
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish tadbiri o‘tkazildi

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafoatova va K. Abdullayeva tomonidan tumandagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ijrosini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu doirada deputatlar Termiz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, tashkilotda halollik tamoyillariga amal qilinishi, ichki nazorat tizimi va mas’uliyat standartlarining amaldagi holatini o‘rgandilar.

Tadbir davomida bo‘limdagi ichki nazorat mexanizmlari, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida xodimlar tomonidan halollik va odob-axloq me’yorlariga rioya etilishi, mavjud kamchiliklar va ularning sabablari o‘rganilib, tahliliy xulosa chiqarildi.

O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda takomillashtirishga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar taklif etildi:

• ichki nazorat tizimini yanada mustahkamlash va uning amaliy samaradorligini oshirish;

• xodimlar o‘rtasida halollik, xizmat madaniyati va professional intizomga doir qo‘shimcha o‘quv-treninglarni tashkil etish;

• korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va nojo‘ya holatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy monitoring va profilaktika mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.

Tashkilot rahbariyati deputatlar tomonidan bildirilgan tavsiyalarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Natijada, bo‘lim faoliyatida shaffoflikni kuchaytirish, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5