Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Saylovchilar bilan muloqot: deputat hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, 2026-yilning 9 oyi davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida olib borilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Ochiq muloqot davomida mahalla fuqarolarining taklif va murojaatlari tinglanib, hududni rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, aholi manfaatlarini ifoda etish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3