Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 7-uy, 30-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro X.Tuychiyevaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ahvoli va kundalik ehtiyojlari bilan tanishildi.

Tashrif jarayonida fuqaro oilasiga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam choralari ham o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oila uchun vaucher ajratilib, ushbu vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratilgan.

Xonadonlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar doirasida oilalarning ijtimoiy holati, ularga ko‘rsatilayotgan yordam turlari va mavjud qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar jamlanmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4