Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati #Maktabgacha_va_maktab_ta_limi #Yoshlar_va_Sport

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich tomonidan Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudoyberdiyevga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Murojaat va muammoning mohiyati:

Obshir mahallasi fuqarolarining murojaatiga ko‘ra, 2024-yilgi «Ochiq budjet» dasturining birinchi mavsumi doirasida 1 milliard 640 million so‘m mablag‘ hisobidan ushbu mahalladagi 21-sonli maktab balansida bo‘lgan yer maydonida mini-stadion va kurash zali barpo etilgan.

Biroq, kurash zali foydalanishga tayyor bo‘lishiga qaramay, bugungi kunga qadar zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlanmagan. Natijada, mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda davlat mablag‘lari hisobidan qurilgan ushbu inshootdan to‘liq foydalanish imkoniyati cheklanmoqda.

📌 Deputat so‘rovida quyidagi vazifalarni amalga oshirish so‘ralgan:

Sport jihozlari bilan ta’minlash: Kurash zalini zarur inventarlar, jumladan kurash gilami, sport matlari hamda mashg‘ulotlar uchun boshqa jihozlar bilan ta’minlash va ularni yetkazib berish muddatlarini belgilash;

Mablag‘ manbalarini ajratish: Sport anjomlarini xarid qilish uchun kerakli mablag‘larni yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqish;

Sport mashg‘ulotlarini tizimli yo‘lga qo‘yish: Inshootdan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yoshlar uchun doimiy mashg‘ulotlar tashkil etish hamda kerak bo‘lganda malakali murabbiylarni jalb qilish;

Mas’ullarni biriktirish: Belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.

Ushbu masala yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda tegishli va asoslantirilgan javob xati taqdim etilishi kutilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3