Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining faoliyati hamda mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tashkil etildi.

️O‘rganish davomida profilaktika inspektorining samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, profilaktika inspektori alohida xizmat xonasi, zarur texnik vositalar hamda xizmat uyi bilan ta’minlangani aniqlandi. Bunday sharoitlar fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tegishli choralar ko‘rishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, mahalla hududida jami 71 ta kuzatuv kamerasi ishga tushirilgani qayd etildi. Mazkur kameralar jamoat tartibini saqlash, hududda xavfsizlikni ta’minlash, shubhali holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mahallada tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ham e’tiborga olindi. O‘rganish davomida 14 ta himoya orderi berilgani qayd etildi. Himoya orderlarining berilishi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishda muhim chora hisoblanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7