Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🔰Yangiobod mahallasida yoshlar bandligi va yetakchi faoliyati o‘rganildi

🔰Yangiobod mahallasida yoshlar bandligi va yetakchi faoliyati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonли Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli tadbir va loyihalarga jalb qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️Shuningdek, ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Mas’ullar yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish muhimligini ta’kidladilar.
➡️Deputatlik nazorati doirasida bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5