🔰#munosabat
🏦“Mehnat migratsiyasi — insonning nafaqat daromad topishi, balki yangi muhitga moslashishi va o‘z huquqlarini himoya qila olishi bilan ham bog‘liq. Rus tilini bilish, borilayotgan mamlakat tarixi va qonunchiligidan xabardor bo‘lish migrantlarning kundalik hayotda qiynalmasligi, ish beruvchi bilan muloqot qilishi hamda huquqiy muammolardan saqlanishida muhim ahamiyatga ega.
🏦Ayrim hududlarda xorijiy ishchilarni ushbu imtihonlardan ozod qilish taklifi mehnat migratsiyasiga oid talablar qayta ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi. Biroq til bilimi va huquqiy savodxonlikni oshirish masalasi o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi kerak.
🏦Asosiy e’tibor mehnat migrantlari uchun xavfsiz va qonuniy mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda xorijda ishlashga ketayotgan fuqarolarni til va huquqiy bilimlar bilan tayyorlashga qaratilishi lozim.”
Zilola Shomurodova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt