Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan saylovchilar murojaatlari va aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aniqlangan muammo yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga deputat so‘rovi yuborildi.
⚠️ Muammo nimada?
📍 Fuqarolar, nuroniylar va mahalla faollari bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida Parkentsoy turar joy majmuasida maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus ajratilgan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan chiqindi yig‘ish joyi mavjud emasligi masalasi ko‘tarilgan.
🚯 Mazkur holat aholi tomonidan kundalik maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda tashlash va to‘plashda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Chiqindilarni yig‘ish uchun maxsus joyning yo‘qligi hududda chiqindilarning tartibsiz tashlanishi, sanitariya holatining yomonlashishi va atrof-muhit ifloslanishi xavfini oshiradi.
📑 DEPUTAT SO‘ROVIDA QANDAY MASALALAR KO‘TARILDI?
Deputat tomonidan quyidagi masalalarni o‘rganish va hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi:
🔹 Parkentsoy turar joy majmuasida maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus joy tashkil etish;
🔹 Chiqindi yig‘ish joyini sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq jihozlash;
🔹 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish;
🔹 Muammoni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;
🔹 Rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish muddatlari va hozirga qadar bajarilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish.
🌿 Toza hudud — sog‘lom muhit va aholi farovonligi garovi!
Deputatlik so‘rovi orqali hududdagi mavjud muammoni bartaraf etish, aholiga qulay sanitariya sharoitlarini yaratish, ekologik tozalikni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechim topishiga erishish ko‘zda tutilgan.
🫥 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari yo‘lida! Parkent tumanida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar oldida ko‘tarish va hal etilishi ustidan nazorat olib borish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2