Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan Parkent tumani hokimligining ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi Primov Jamshid bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosining holati o‘rganildi.
⏺O‘rganish davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topish hamda ijro intizomini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud nazorat mexanizmlariga e’tibor qaratildi.
📊 III CHORAK YAKUNLARI: 124 TA NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT
📌 Joriy yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, Parkent tumani hokimligiga jami 124 ta normativ-huquqiy tusdagi hujjat kelib tushgan. Jumladan:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari — 19 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari — 16 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari — 27 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi — 1 ta;
🔹 Vazirlar Mahkamasining qarorlari — 60 ta;
🔹 Vazirlar Mahkamasining farmoyishi — 1 ta.
✅ HUJJATLAR IJROSI QAT’IY NAZORATDA
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining tegishli qaror loyihalari, chora-tadbirlar dasturlari hamda nazorat rejalari ishlab chiqilgan. Ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi tuman hokimligining ijro intizomini nazorat qiluvchi bo‘linmasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
⏺ Murojaatlar bilan ishlash — aholi ishonchining muhim mezoni!
Fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqilishi, ko‘tarilgan masalalarning yechimini topish hamda murojaat mualliflariga asoslantirilgan javoblar berilishi davlat organlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
⏺ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
📌 Maqsad — qonun ustuvorligini ta’minlash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish va aholi muammolarining qonuniy yechim topishiga ko‘maklashish!

Slide 1 of 3