Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#Fuqaro_muamosi
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida ijtimoiy-huquqiy muhit va aholi murojaatlari tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, xonadonlardagi muammolarni manzilli aniqlash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonbay o‘rganish ishlarini o‘tkazdilar. Monitoring davomida aholining yashash sharoitlari, bandligi va kommunal-infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni ijrosi doirasida hududiy profilaktika inspektorining ish faoliyati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, tizimli profilaktik tadbirlar natijasida mahalla kriminogen holat bo‘yicha "yashil" toifada saqlanib kelmoqda.

Muloqotlarda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2