Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Oila sharoiti o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Oila sharoiti o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Qozoq Nayman mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada yashovchi fuqaro Amirqulov Jamol xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti va ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi.
💼 Jumladan, oilani kambag‘allikdan chiqarish, oila a’zolarini daromadli mehnat bilan band etish, doimiy daromad manbaini shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏠 Shuningdek, xonadonning sanitariya holati, uy-joyni saqlash sharoiti va tomorqadan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
🏥 Oila a’zolarining tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari ham ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilaning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️

Slide 1 of 1