Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova Balandchaqir mahallasidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi va maktab direktori bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida maktabdagi ta’lim sifati, o‘quvchilarning davomati va intizomi, sinfxonalarning jihozlanish darajasi hamda maktab infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun fan va sport to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolar hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.