#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Kadastr sohasidagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan komissiya a’zolari ishtirokida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Angor tumani filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda yer uchastkalarining chizma va kadastr hujjatlarini tayyorlash jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda belgilangan talablarning bajarilishi, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mas’ullarning ma'lumotlari tinglandi.