Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLAR MUROJAATI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI BELGILANDI
янв.21
FHDYO ORGANIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SIFATI VA AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Og‘ir toifadagi mahallalarda

Og‘ir toifadagi mahallalarda
«KESKANER»DA YANGI NAFAS: MAHALLA HAYOTIDAGI MUHIM O‘ZGARISHLAR

Uychi tumanidagi «Keskaner» mahallasida bugun o‘zgarishlarning amaliy natijalari ko‘zga tashlanmoqda. Kecha orzu bo‘lgan ayrim qulayliklar bugun aholi hayotining bir qismiga aylanmoqda. Bu ishlar hurmatli Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-sonli qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror asosida «Keskaner» mahalla fuqarolar yig‘ini og‘ir toifadagi hudud sifatida dasturga kiritilib, uni kompleks rivojlantirish uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. E’tiborlisi, bu mablag‘lar qog‘ozdagi raqam bo‘lib qolib ketmayapti. U mahalla ko‘chalari, yo‘llari, ichimlik suvi tarmoqlari va elektr ta’minotidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘lmoqda.

Masalan, «Amir Temur» ko‘chasida aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida salkam 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi qurildi. «Nurafshon» ko‘chasiga esa 1 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Mahalladagi 2,5 kilometr ichki yo‘llarning asfaltlanishi ham aholi uchun kundalik hayotdagi eng muhim qulayliklardan biri bo‘ldi.

Elektr ta’minoti yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mahallada quvvati 250 kVA va 400 kVA bo‘lgan 2 ta transformator punkti, 124 dona beton tayanch o‘rnatildi hamda 4,2 kilometr masofada 0,4–10 kVli elektr tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda «Hikmat» ko‘chasida tuman elektr ta’minoti korxonasining Oxunboboyev ustachilik bo‘limi xodimlari tomonidan beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari yakunlanib, aholi iste’molchilarini 0,4 kVli tarmoqqa ulash ishlari davom etmoqda. Bu ishlar yakunlangach, mahalladagi 340 ta iste’molchini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Zero, mahalla taraqqiyoti — faqat yangi yo‘l yoki tarmoq qurilishi emas. Bu, avvalo, odamlarning kundalik hayotidagi qulayliklar, xotirjamlik va ertangi kunga ishonchning ortishi demakdir.

«Keskaner»dagi bugungi ishlar esa mahallada yangilanishlar bir yo‘nalish bilan cheklanib qolmayotganini, kompleks yondashuv asosida davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
 

Slide 1 of 1