Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING YANGI BINO QURILISHI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA MAKTAB RAHRABIYATINING UCHRASHUVI: TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR E’TIBORDA
янв.21
BALANDCHAQIR MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR FARZANDLARI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
PASTKICHAQIR QISHLOG‘IDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SARMICH MAHALLASIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
PASTKICHAQIR QISHLOG‘IDA ARTEZIAN QUDUQQA QUYOSH PANELLARI O‘RNATISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
4-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YENGIL KONSTRUKSIYALI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini topishga qaratilgan ishlar doirasida fuqaro qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqaroning murojaati tinglanib, masalani hal etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.

Qabulda, “Yangi obod” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro D.Komilova o‘z xonadonida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganini ma’lum qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot bilan bog‘lanilib, mavjud holat muhokama qilindi. Fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda boshlangan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalaning yaqin kunlarda ijobiy hal etilishi va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanishi yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4