Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati savolnoma asosida tahlil qilindi. Bunda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Mahalla yettiligi” doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2