Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
DEPUTAT SO‘ROVI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Abdunabi Isroilov tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.

Deputatlik nazorati doirasida Sarmich MFY hududida joylashgan 3- 8- va 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasida mazkur bog‘chalarda tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan quyidagi jiddiy kamchiliklar aniqlandi:

3-sonli DMTTda: tarbiyalanuvchilar uchun ovqatlanish jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish uchun zarur bo‘lgan oshxona jihozlari yetarli emas;

8-sonli DMTTda: tibbiyot xonasi mavjud emas, shuningdek, tarbiyalanuvchilarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik holati talab darajasida emas;

10-sonli DMTTda: tarbiyalanuvchilarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan hojatxona mavjud emasligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 29-sentabrdagi 66-ds-457-26-sonli deputatlik so‘rovi Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E. Muxtorovga yo‘llandi.

So‘rovda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot berish so‘ralgan.

Slide 1 of 5