Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
25-sonli maktabga oid masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi

25-sonli maktabga oid masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda deputat O. Yusupov ishtirokida 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasiga aloqador mavjud masalalar maktab ma’muriyati tomonidan tinglandi va muhokama qilindi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar almashildi.

Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida tashkil etildi. Jumladan, ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rganish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-901-son, 2024-yil 1-fevral talablaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va ta’lim oluvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, maktabdagi mavjud sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 5